- O‘zbekiston Respublikasi “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi. T.: BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF), 2018.
- S.Volosoves, V.A.Markova, S.A.Averina. STEM-obrazovanie detey doshkolnogo i mladshego shkolnogo vozrasta. M.BINOM. Laboratoriya znaniy 2019 g. 120 s.
- Yevdokimova Ye.S. Texnologiya proektirovaniya v DOU Ye.S.Evdokimova. – M.: S Sfera, 2006. – 64 s.
- Bogdanovich. Dopolnitelnaya obщe razvivayuщaya programma «Mult-studiya «Moy mir» Sverdlovskaya oblast, 2018 g. 40 s.
- Shipulina Ye.R. “Ta’limda STEAM texnologiyalari” kursi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish. Yekaterinburg. 2020 y. 36 b.
- tdpu. uz
- pedagog. uz
- ziyonet. uz
- babbledabbledo.com/steam-project/
Steam texnologiyalari vositasida bolalarni ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish texnologiyalari
X.A.Meliev, Jizzax DPU, professor
Annotatsiya: Mazkur maqola yosh avlodni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirish, ta’lim mazmunini zamonaviy pedagogik vositalar asosida modernizatsiyalash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikning didaktik shart-sharoitlarni aniqlashga qaratilgan.
Kalit so‘zlar: ta’lim, shaxs, innovatsiya, texnologiya, taraqqiyot, rivojlantirish, tahlil, ijodiy qobiliyat, bolalar, maktabgacha ta’lim tashkiloti.
Dunyoda ta’limni insonparvarlashtirish hozirgi taraqqiyot va sivilizatsiyaning maqsadli tamoyillaridan biri sifatida e’tirof etilib, ta’lim oluvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning zamonaviy tendensiyalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, ta’lim oluvchilarda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodika jihatlari ilmiy-pedagogik jihatdan yetarlicha asoslanmagan. Bu esa o‘z navbatida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda hamkorlikka asoslangan innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotini maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini maktab ta’limiga tayyorlash tizimini shakllantirish taqazo etmoqda.
Jahonda yosh avlodni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirish, ta’lim mazmunini zamonaviy pedagogik vositalar asosida modernizatsiyalash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikning didaktik shart-sharoitlarni aniqlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot amalga oshirilmoqda.
Xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni har tomonlama maktabga tayyorlash tizimini shakllantirish bolalarni tashkilotchilik ijodiy yondoshish, aqliy, jismoniy va sabrlik faoliyatlariga tayyogarligi masalalariga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun maktabga borayotgan bolalarni ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning vositalarini aniqlash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Bolalarni ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda bir qancha vositalardan foydalanib kelinmoqda, lekin zamonaviy vositalardan STEAM texnologiyalari butun jahonda ommaviylashib bormoqda.
AQSh, Singapur, Koreya, Avstraliya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Finlandiya va Isroil kabi ko‘pgina mamlakatlarda “Ta’limda STEAM texnologiyalari” dasturlari ishlab chiqildi.
STEAM ta’limini o‘tgan asrning 90-yillarida Amerikada paydo bo‘lgan deb ishonadi, lekin bir qancha adabiyotlarda ancha oldin boshlanganligi haqidagi ma’lumotlar qayd etilgan. Qo‘shma shtatlarda STEAM ta’limining faol rivojlanishi 1957 yilda Sovet sun’iy yo‘ldoshi o‘chirilgandan keyin boshalangan.
STEAM ta’lim nafaqat AQSh va Yevropadagi ta’lim muassasalarida joriy etish bilan mustaqil davlatlar hamdo‘stlik mamlakatlarida jumladan, Qozoqistonda, O‘zbekstonda ham faol rivojlana boshladi.
Rossiya federatsiyasi 2016-2020 yillarda ta’limni rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilinib, Prezident V.V.Putin Federal Majlisiga murojaatida Rossiya Federatsiyasida muhandislik ta’limini jahon darajasiga olib chiqish kerakligini ta’kidladi.
2016-2018-yillarda Moskva bolalik, oila va ta’limni o‘rganish institut olimlari tomonidan “Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar uchun STEAM ta’limi” dasturini ishlab chiqdi va sinovdan o‘tkazilib hayotga tadbiq etildi, shuningdek Rossiyada STEAM ta’limini rivojlantirish va targ‘ib qilishga yordam berish maqsadida “O‘ylab ko‘ring” jurnali tashkil etildi.
Mamlakatimizda yosh avlodning o‘qimishli, bilimdon, ma’naviy jihatdan barkamol insonlar bo‘lib yetishishda ta’lmi tizimida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ta’lim tizimi faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan davlat dasturlari, hukumat qarorlari ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda. Shu bilan birga ta’lim sifatini oshirishdagi mavjud muammolarning yechimini topish, ta’lim mazmunini takomillashtirish, uning sifatini ilmiy asosida boshqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonda 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich maktabgacha, umumo‘rta ta’lim muassasalarida bolalar-o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalari, tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoa bo‘lib ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga qo‘yonaltirilgan ta’lim daturlarini amaliyotga kiritilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini boshqarish, ta’lim siftatini rivojlantirish, zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash, xorijiy ilg‘or tajribalarni ta’lim tizimiga tadbiq qilishda xusuan maktabgacha ta’lim bo‘g‘inida jiddiy o‘zgarishlarga olib keldi.
Raqamli transfformatsiya sharoitida ushbu o‘zgarishlar maktabgacha ta’limning tashkiliy va mazmunli jihatlariga ta’sir ko‘rsatdi. Yana shuni ta’kidlash joizki “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini ishlab chiqishda ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan axborot texnologiyalarini joriy etish shartligiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy maktab Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida Respublikamizning har bir hududida iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida Prezident maktablari ochildi. Ular STEAM – ta’lim fanlararo o‘qitishga ixtisoslashgan. STEAM-maktab o‘quvchilarini yangi o‘qitish metodikasi bo‘lib, an’anaviy o‘qitish tizimiga muqobil tizim hisoblanadi. U bolalarning bir vaqtning o‘zida Science (tabiiy fanlar), Texnology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) Mathematicc (matematika) bo‘yicha o‘qitish tizimiga asoslangan, bunda o‘quvchilar amaliy va ko‘ngilochar loyihalar mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar. Ushbu yo‘nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo‘lib kelyotganini hammamizga ma’lum. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tenedesiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’lim yo‘nalishi va amaliy yondashuvni qo‘llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuvga asoslangan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM texnologiyalari vositasida tarbiyalanuvchilarni ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish 2014 yilda Quddusda bo‘lib o‘tgan “STEAM formard” halqaro konferensiyasi bayonotida “Bolalarni STEAMga jalb qilish. Ushbu ta’lim maktabgacha yoshdan boshlab boshlanishi kerak, shuning uchun dasturlarini bolalar bog‘chalariga kiritish kerakligi bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM yondashuvining asosiy g‘oyasi quyidagicha:
– amaliy, nazariy bilimlar kabi muhimdir:
– bolalar mashg‘ulotlar jarayonida faqat o‘z aqlini, balki qo‘llarini ham ishlatishga majbur bo‘ladilar;
– mashg‘ulotlar honasida ta’lim faoliyati jarayoni, jadal rivojlanayotgan ta’lim olamdagi o‘zgarishlarida ortda qolmoqda;
– bolalar beshta sohasi kompetensiyalari bo‘yicha ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishga imkoniyatlar yaratiladi;
– bolalar bilimlarini mustaqil egallashga shart-sharoitlar yaratiladi.
Umuman xulosa qilib aytganda STEAM maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarni odiiy tajribalar o‘tkazish, modellarni konstruksiyalash elementlari, musiqa va har xil mustaqil shakllar, o‘yin yaratish, o‘z g‘oyalarini amalga oshirish va tayyorlangan mahsulotlar yaratishni rag‘batlantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati