Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/10/2017
Chop etish
Sharof Rashidov tavallud kuniga bag’ishlandi

Jizzax Davlat pedagogika instituti qoshidagi “Sayiljoy” akademik litseyida bolalar va o’smirlar o’rtasida karate bo’yicha “Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi”ga bag’ishlangan sport musobaqasi o’tkazildi.

Jizzax shahri mezbonlik qilgan bellashuvda mezbonlar, Baxmal, Zomin, Do’stlik, Paxtakor, SH.Rashidov tumani vakillari bilan o’zaro kuch sinashdi.

Jizzax viloyat Karate milliy federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqaning ochilishida federatsiyasi rahbari Komil Bozorov tomonidan mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirishiga qaratilayotgan doimiy e’tibor o’z samaralarini berayotgani, yurtimizning barcha hududlarida foydalanishga topshirilgan zamonaviy sport inshootlarida minglab o’g’il-qizlar o’zi istagan sport turlari bilan muntazam shug’ullanish imkoniyatiga ega ekanligi haqida alohida ta’kidlab o’tildi.

Mazkur musobaqa iste’dodli yosh sportchilarni saralash, respublika va xalqaro turnirlarga bosqichma-bosqich tayyorlab borish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 50 nafarna yaqin sportchi yakkama-yakka kurash bo’yicha o’zaro raqobatlashdi.

Karatening “Kumite” bahslarida 12-13 yoshlar o’rtasida Bo’tayor Mamatqulov faxrli 1-o’rinni, 2-o’rin Murod Begimqulov, “Kata”, ya’ni ko’rgazmali chiqishda qizlar o’rtasida 1-o’rinni Gulzoda Tojiboyeva, 2-o’rin Sevinch Mamatqulovaga nasib etdi. SHuningdek, 6-7 yoshli bolalar o’rtasidagi “Kumite” bahslarida 1-o’rin Ibrohim Abdurahmoyeov, 2-o’rin Javohir Nurillayev, 3-o’rin Mehroj Mo’minjonovlar g’olib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Murosasiz kechgan bahslarda raqiblarimni mag’lubiyatga uchratib, birinchi o’rinni egallaganimdan xursandman, – deydi B.Mamatqulov. – Ushbu musobaqa tajriba va mahoratimni oshirishga, kelgusida bundanda nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etishimga xizmat qiladi.

Umumjamoa hisobida murabbiy Furqat Tangirov boshchiligidagi Jizzax shahar klubi sportchilari birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. SH.Rashidov tuman sportchilari ikkinchi, Zomin va Baxmal tuman jamoalari uchinchi o’rinni egalladi.

Farrux Kushakov,

Jizzax viloyat Karate milliy federatsiyasi a’zosi


Ulashish:
1 314
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.