Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
27/02/2020
Chop etish
S-Zone startup loyihasi ishga tushirildi

Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari Rahmatov Doston (magistratura 1-kurs) va Kamoljonov Fozil (bakalavr, 3-kurs)lar tomonidan ishlab chiqilgan S-Zone startup loyihasi ishga tushirildi. S-ZONE loyihasi umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun mo’ljallangan.

Loyihaning asosiy funksiyalari:

Davomat. Tizim o’quvchilarning yuzlarini kamera orqali tanigan holda yo’qlamadan o’tkazib, avtomatik tarzda bazaga kiritib boradi.

Kuzatish. Tizimning eng asosiy funksiyalaridan biri bo’lib, bunda o’quvchilar haqidagi ma’lumotlar ularning ota-onalari tomonidan mobil-ilova orqali kuzatib boriladi, ya’ni farzandlarining maktabga qachon kirib kelganliklari va qachon chiqib ketganliklari, ularning dars jadvali, har choraklik baholari, real time (ayni hozirgi vaqt) da qaysi dars mashg’uloti qaysi sinf xonasida  o’tkazilayotganligini aniqlashlari hamda o’sha sinf xonaning kamerasi orqali farzandlarining darsdagi ishtirokini bevosita kuzatishlari mumkin.

Xodimlar davomati. Tizimning yana bir imkoniyati, u orqali nafaqat o’quvchilarning, balki o’qituvchi va xodimlarning ham ishga kelish-ketishlarini  nazorat qilish mumkin, ya’ni tabel, yo’qlama jadvali kabilarni avtomatlashtirish imkoniyati mavjud.

Qo’shimcha funksiyalar. Smartfonlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo’lmagan ota-onalar uchun farzandi haqidagi ma’lumotlar SMS orqali yetkaziladi.

Hozirda bu loyiha Jizzax shahar 6-umumta’lim maktabida ishga tushirilgan.

Dasturchilarning loyiha bo’yicha navbatdagi rejalari:

Tizimning takomillashgan versiyani yaratish va unda kamera orqali o’quvchilarning emotsiyalarini o’rganib, dars sifatini aniqlovchi algoritmlar yaratish.

 

Tizim yoki uning ishlash jarayoni haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lish uchun https://t.me/szoneuz telegram kanalini kuzatib boring.


Ulashish:
1 226
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.