Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/12/2017
Chop etish
Qorbobo tuhfasi!

Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Chet tillar fakulteti o‘qituvchilari  va talabalari ishtirokida “ Jizzax shahar “ Ko‘zi ojizlar jamiati”  da o‘tkazilgan “Qorbobo tuhfasi!” bayram tadbiri

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan  R.Norbekova, N. Isanova, T. Ravshanova   ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalar jamiyatida tahsil olayotgan bolajonlarni kirib kelayotgan yangi 2018 yil bilan  yig‘ilganlarni qizg‘in qutladi.Hamda chet tillar fakulteti  talabalari  Ko‘zi ojizlar jamiatida ta’lim olayotgan bolalarning yashash va ta’lim olish sharoiti  bilan tanishishdi. Talabalar bu yerdagi sharoit yaxshiligi, isitish o‘choqlari kunlar sovushi bilan ishga tushirilganligini aytishdi. Shuningdek, bu yerdagi dars tayyorlash, madaniy hordiq chiqarish uchun yaratilgan sharoitlar talabalar bilim olishi uchun qilinayotgan ijobiy sa’i  harakatlarning yaqqol isboti ekanligiga guvoh bo‘ldik.

Kun tartibidagi ikkinchi  masala yuzasidan Chet tillar fakulteti  talabalari  hamda fakul’tet  “ Yoshlar ittifoqi yetakchilari tomonidan tashkil etilgan “Qorbobo tuhfasi!”  o‘qituvchi va talabalar ishtirokida bayram tadbirini ochilish marosimini ochib berishdi. Qiziqarli shartlar asosida yig‘ilgan ishtirokchilar o‘rtasida qiziqarli musobaqalar tashkillashtirdilar. Bir biridan qizg‘in bo‘lib o‘tgan baxs-munozaralar, ko‘ngil ochar shartlar  bo‘yicha I, II, III bosqich talabalari Lapasov Begzod, Jo‘raeva Xilola, Abduraxmonov Akmal, Ismatov Mahmudjon va Shodiyorov Rustamlar, Berdiyorov Umidjon  muvaffaqiyatli ishtirok etishgan bo‘lsa, ikkinchi shartda II bosqich talabalari faollikni qo‘lga oldilar. Qiziqarli shartlardan so‘ng  talabalar  o‘z ijodidan na’munalar  o‘qib bergan “Talaba  qizlar” she’ri hamma yig‘ilganlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida ingliz tili o‘qituvchisi fakul’tet o‘qituvchilari  D. Safarova A. Muhammedov,  M.Umarqulova, G. G‘anieva, N. Bo‘rieva so‘zga chiqib,bunday kechalarning amaliy ahamiyati haqida to‘xtaldi va kelgusi safar uchrashuvlar va tadbirlar  o‘tkazish bo‘yicha kerakli maslahatlarni aytib o‘tdi. Ushbu kafedra o‘qituvchisi Siddiqova Durdona va Gafurova Gulrux  yig‘ilganlar va ushbu kechada faol ishtirok etgan talabalarga minnatdorchilik bildirib, bolajonlarga sovgalar ulashildi, tadbirga yakun yasaldi.


Ulashish:
1 438
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.