Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
18/07/2022
Chop etish
#Qabul2022 #Murojaat

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaatnoma!

Hurmatli ota-onalar, aziz abituriyentlar!

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ketmoqda. O’tgan yillar tajribasidan ma’lumki, test sinovlari shaffoflik va adolatlilikning ustuvorligida o‘tkazilmoqda. Jarayonni butun mamlakat bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri, ochiq-oydin kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Shunday ekan, abituriyent faqat va faqat o‘z bilimiga tayanishi lozim. Agarda qandaydir shaxslar tomonidan abituriyentga yordam berilishi va’da qilinsa, bilingki, ular firibgarlardir. Bunday vaziyatlarda fuqarolik burchingizga tayangan holda, quyida keltirilgan rasmiy manbalar orqali darhol tegishli huquq-tartibot organlari yoki Davlat test markaziga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Shu tariqa yo‘l tutishingiz, o‘z navbatida, bilimlilarni xolis tanlashga, kelajakda O‘zbekiston taraqqiyoti, ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bog‘lanish manbalari:

Bosh Prokuratura:

🔸 Ishonch telefoni: (71) 232-10-07;

🔸 Koll-markaz: 1007 (qisqa raqam).

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:

🔹 Ishonch telefoni: (71) 202 04 02 (431);

🔹 Koll-markaz: 1253 (qisqa raqam).

Davlat test markazi:

👉 Ishonch telefoni: (95) 199-19-14;

👉 Xolis fuqaro: dtm.uz/page/reception;

👉 Elektron pochta: antikor@dtm.uz;

👉 Telegram-bot: @dtm_antikor_bot.


Ulashish:
818
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.