Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/04/2026
Chop etish
Professor Alimjon Matchanov bilan ilmiy uchrashuv o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, kimyo fanlari doktori, professor Matchanov Alimjon Davlatboyevich  ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Fizik-kimyoviy tadqiqot usullari va optik spektroskopiya” mavzusida bo‘lib o‘tgan ilmiy uchrashuvda tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistrlari va doktorantlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida zamonaviy tadqiqot usullari, ilmiy izlanishlarni tashkil etish va spektroskopiyaning amaliyotdagi ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi.


Ulashish:
427
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...