Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/10/2022
Chop etish
Portsmut universiteti (Angliya) ning Tillar va amaliy lingvistika fakulteti o‘qituvchilari universitetda bo‘lishdi.

Portsmut universiteti (Angliya) ning Tillar va amaliy lingvistika fakulteti dekani Professor Stiven Korbet, Xalqaro hamkorlik bo’yicha dekan o’rinbosari Marjori Martin va Ingliz tili bo’limi boshlig’i Endryu Makkol Jizzax davlat pedagogika universitetida bo’lishdi.

Universitet rektori Sh.S.Sharipov va delegatsiya aʼzolari uchrashuv doirasida quyidagi masalalarni muhokama qilishdi:

– 2020-yilda tuzilgan Memorandum doirasida o’zaro hamkorlikni kuchaytirish;

– o’qituvchilar malakasini oshirish borasida hamkorlikdagi dasturlarni ishlab chiqish;

– Professor-o’qituvchilarning Portsmud universitetiga tashriflari (TESOL-Professional Development Course Program – Malaka oshirish, Visiting Scholar Program – Ilmiy stajirovka)

– Portsmud universiteti Professor-oʼqituvchilarini maʼruzalar, suhbatlar va tajriba almashish uchun jalb etish.

– Hamkorlikda oquv rejalarini, o’quv dasturlarini ishlab chiqish

– Talabalar almashinuvi, professor-oʼqituvchilar almashinuvi.

– Qoʼshma dasturlar tashkil qilish

– Oʼzaro hamkorlikda seminar va konferensiyalar tashkillashtirish va ishtirok etish

– Portsmudda JDPU talabalari uchun Summer schools – Yozgi maktablarni loyihalash

– Oʼqituvchilarga oʼzaro hamkorlikda PhD Dissertasiyasini yozish va himoya qilish imkoniyatini berish

– Ikkala universitetni qiziqtirgan sohalar bo’yicha nashrlar almashinuvi

Shuningdek, uchrashuv doirasida Xorijiy tillar fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun seminar darslar bo’lib o’tdi.


Ulashish:
660
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.