Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/10/2026
Chop etish
Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida kurs vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogikauniversiteti  Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida har bir kurs vakillaridan iborat “kurs qo‘mitalari” faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida talabalarning darslarga o‘z vaqtida kelishi, universitet ichki odob-axloq qoidalariga rioya etishi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishi hamda ta’lim muhitida sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida salbiy illatlarning oldini olish, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklardan voz kechish, universitet hududida tozalikni saqlash hamda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish zarurligi ta’kidlandi. Muloqot davomida yosh avlodda sog‘lom fikrlash, yaxshi axloq, ilmga intilish, keng dunyoqarash, halollik, intizom, vatanparvarlik va sadoqat kabi fazilatlarni shakllantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida fakultetda volontyor ko‘ngilli talabalarni shakllantirish hamda talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.


Ulashish:
33
Boshqa rubrikalarda mashhur

Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida kurs vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogikauniversiteti  Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida har bir kurs vakillaridan iborat “kurs qo‘mitalari” faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilish davomida talabalarning darslarga o‘z...
JDPUda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Universitetning Ijtimoiy fanlar pedagogika oliy maktabi, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni...
JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...