Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Oybek – adabiy tanqidchi

Fan: O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi
Fakultet: O‘zbek tili va adabiyoti
Bosqich: 3
Guruh: 1 ta
Manzil: O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti, 1-qavat, 104-auditoriya
Kun: 7-dekabr. 2022 yil
Vaqti: 13-30
Seminar mashg’ulot: Dilnavoz Salimova
O’quv dasturi:

Oybek nafaqat adib, tarjimon, shuningdek, uning adabiyotshunos hamda munaqqid sifatidagi faoliyati ham o‘zbek adabiy tanqidchiligi uchun ahamiyatlidir.

Oybek adabiy-tanqidiy qarashlarining o‘rganilishida ma’rifatparvar shoir Cho‘lpon va zamondoshlari ijodiga e’tibori muhim sanaladi.

Oybekning nazariy-tanqidiy qarashlarining amaliyotga ta’siri XX asr o‘zbek adabiy tanqidchiligining professional shaklga o‘tishida amaliy tajribalar vazifasini ham o‘tadi. Bunga “Cho‘lpon. SHoirni qanday tekshirish kerak?” maqolasi misol bo‘la oladi. Shuningdek, Navoiyshunoslik ilmining rivojida adabiyotshunos sifatida Oybek izlanishlari o‘z o‘rniga ega.