Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/09/2021
Chop etish
#O‘qishni_ko‘chirish_jarayoni

A.Qodiriy nomidagi  Jizzax davlat pedagogika institutida o‘qishni ko‘chirib hujjatlarni olib ketish uchun  kelgan talabalarga  institutning “Talabalar bo‘limi” xizmat ko‘rsatmoqda. Joriy  yilning 13 sentabridan beri respublikamizdagi boshqa oliygohlarga o‘qishini ko‘chirgan talabalar institutning “Talabalar bo‘limi” orqali o‘z hujjatlarini olib ketishmoqda. “Talabalar bo‘limi” ning bergan ma’ulmotlariga ko‘ra  bugundan ya’ni  17 sentabr  kunidan tartibsizliklarga barham berilib, murojaatchilar uchun qa’ttiy tartib o‘rnatildi. Unga ko‘ra har bir talaba  arizani topshirish jarayonida o‘ziga tegishli  raqamli talonni oladi.  Talon bilan o‘z arizalarini topshirgan  talabalar ro‘yxati e’lonlar taxtasiga qo‘yiladi. Tartib-intizomni saqlash, shaffoflikni ta’minlash, turli tushunmovchiliklarga barham berish maqsadida Milliy gvardiya xodimlari ham jalb qilingan. Belgilangan nizomga ko‘ra talaba  3 kun muddat ichida o‘ziga tegishli raqamlashtirilgan talon bilan ro‘yxatda ko‘rsatilgan vaqtda kelib  o‘z hujjatini olib ketadi.

 

 


Ulashish:
1 140
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.