Uncategorized
Uncategorized
|
18/05/2022
Chop etish
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish tizimlashtirilmoqda

Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan seminar ana shunday nomlandi.

Joriy yilning 20 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

Ma’lumki Mazkur Qonunda:

nobank kredit tashkilotlarining o‘z faoliyatini moliyalashtirish imkoniyatini kengaytirish;

moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, jumladan, mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatish uchun huquqiy asos yaratish;

“tartibga solish qumdoni” doirasida moliyaviy xizmatlarning yangi turlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatini yaratish;

mutanosib tarzda tartibga solish natijasida nobank kredit tashkilotlari faoliyatini ortiqcha tartibga solishning oldini olish;

nobank kredit tashkilotlari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan normalar belgilangan.

Jizzax davlat pedagogika isntiuttida bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zga chiqqanlar ana shular xususida to‘xtalib, bugungi kunda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tarqoq bo‘lib, ushbu tashkilotlarni tashkil etish va ularning faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalarni o‘z ichiga olgan yaxlit qonun hujjati haqida tushunchalar berishdi. Shuningdek tadbirda soha vakillari  Qonun bilan nobank kredit tashkilotlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ular tomonidan amalga oshiriladigan (ko‘rsatiladigan) moliyaviy operatsiyalar (xizmatlar) ro‘yxatlari, nobank kredit tashkilotlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar, shu jumladan ularning tashkiliy-huquqiy shakli, muassislari va ishtirokchilari (aksiyadorlari), rahbar xodimlari (kuzatuv kengashi a’zolari va ijro etuvchi organ, bosh buxgalter), shuningdek, ustav fondi (ustav kapitali) va uning eng kam miqdoriga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot berib o‘tishdi. Shuningdek yig‘ilish davomida Qonun qabul qilinishi natijasida mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlarining kengaytirilishi, kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslarga, shu jumladan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarga bo‘lgan talabi qondirilishiga erishilishi respublikaning chekka va olis hududlaridagi aholi va kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olinishi qayd etildi.

 

Ta’kidlandiki, Mazkur Qonun aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Ulashish:
1 086
Boshqa rubrikalarda mashhur

Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...