Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/02/2021
Chop etish
“Nazm va navo” kechasi tafslotlari

Ikki buyuk siymo A. Navoiy hamda Z. M. Bobur tavalludiga  bag‘ishlangan kecha Sa’natshunoslik fakulteti tomonidan tashkillashtirildi. Tadbir avvalida ishtirokchilar institut ARM tomonidan tashkil etilgan yangi adabiyotlar hamda buyuklar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq kitoblar bilan tanishishdi. Shundan so‘ng bo‘lajak sozanda va xonadalar  ikki buyuk shoir qalamiga mansub g‘azallarni mahorat bilan ijro etishdi. Shuningdek tadbirda talabalar tomonidan sahnaviy ko‘rinishlar ham namoyish etildi.

Jizzax davlat pedagogika inrstitutining Madaniyat saroyida  Buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilliga  hamda shoh va shoir Z.M.Boburning tavalludiga bag‘ishlangan, buyuk siymolarning g‘azallari asosida Sa’natshunoslik fakulteti tashkilotchiligda «Nazm va navo» ruknidagi adabiy-musiqiy, ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Kechada Sa’natshunoslik fakultetining bo‘lajak maqom san’atiningeng sara  ijrochilari hamda ustozlar ishtirok etdilar.

 

 

Tadbirni  institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor S.nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida Buyuk ajdodimiz so‘zlariga bastalangan badiiy barkamol qo‘shiqlar tinglovchilarning xususan talaba yoshlarning estetik didini yuksaltirish, musiqiy saviyasini oshirish, ona tilimizga yanada ko‘proq hurmat va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishda o‘ziga xos o‘rin tutishini ta’kidladi.


Ulashish:
749
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.