Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/03/2022
Chop etish
Nafosat va go‘zallik bayrami o‘zgacha bo‘ldi…

Institutda 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir har doimgidanda o‘zgacha tus hamda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Buning asosiy sababi tadbir dasturi oddiyligi va samimiy tashkil etilganida, Bayram tadbirida oliygoh  ayollari va qizlarining  jamoa va hayotdagi o‘rni, ahamiyati va albatta, betakrorligini so‘zda emas, balki amalda ko‘rsata olish bo‘ldi. Shu bilan birga, ularning barchasiga birdek bayramona kayfiyat tuhfa etish bosh maqsad edi. Buning isbotini  unda bildirilgan tilaklar va tabriklarda ham ko‘rish mumkin.

 

Bayram tadbiri an’anaviy tarzda institut rektori  professor Sh.Sharipovning tabrik so‘zi bilan boshlandi . Institut rektori o‘z nutqida pedagog ayollarning jamiyatdagi o‘rnidan tortib, bevosita ularga aloqador bo‘lgan muammolarga ham to‘xtalib o‘tdi. Asosiysi  jamoada ularning  o‘rni kun sayin oshib borayotgani,  hozirda fan doktorlari, fan nomzodlari, olima ayollar safi kengayib borayotanini alohida ta’kidladi.

« Bugun institutimizda 1500 dan ziyod ishchi xodimlar faoliyat ko‘rsatadi. Ularning qariyib 70 foizini ayollar tashkil etadi. Safimizda 6 nafar fan doktorlari, 50 dan ziyod fan nomzodalari, 10 dan ziyod  doktarant ayollarning borligi quvonarli » — deya so‘zida davom etdi institut rektori Sh.Sharipov

 

 

 

Shundan so‘ng bayramga taklif etilgan boshqa mehmonlar ham o‘z tabriklarini bayram sababchilari bo‘lmish ayollarimizga ilinishdi. Ular o‘z nutqida nafaqat jonbozlik ko‘rsatgan xotin-qizlarni, balki endi butun umrini farzandlarini komil inson qilib tarbiyalashga sarflagan, shu orqali jamiyat rivojiga hissa qo‘shayotgan onalarga extirom ko‘rsatish kerakligini aytib o‘tishdi

Ko‘p vaqt o‘tmay, tadbir ishtirokchilari buning isbotiga ham guvoh bo‘lishdi.  Konsert dasturi davomida madaniyat saroyi bo‘ylab qo‘llarida dasta-dasta gul ko‘taragan yigitlar nafislik va go‘zallik timsollari bo‘lmish ayollarga   guldastalar ulashishdi.

 

8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiriga tashrif buyurgan ayollar shu kuni dildan yayrashdi. Diltortar va sho‘x qo‘shiqlarga raqslarga tushishdi. Tabassumlari o‘ziga yarashgan, har kunigidan-da latofatli ayollarimiz uchun tashkil etilgan bayram hali beri o‘z shukuhini yo‘qotmaydi. Chunki chin dilidan  yayrab, yuzlariida tabassum ila davrani tark etgan bayram sababchilarining  minnatdorchilikka yo‘g‘rilgan e’tirofi shunday deyishimizga asos bo‘la oladi.

 

 

 

Jizzax davlat pedagogika instiuti  axborot xizmati.

 

 


Ulashish:
979
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.