Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/09/2022
Chop etish
Muzeyga sayohat – moziyga sayohatdir

Muzeylarni bejiz tarix, ma’naviyat va san’at xazinasi deb ta’riflashmaydi. Ularda turli-tuman noyob va qimmatbaho ashyolar jamlanganki, xalqning o‘tmishi aks etgan bu ekspozitsiyalar bizni ajdodlar hayoti, kurashi va boy merosi bilan tanishtiradi. O‘zlikni anglash tarixni anglashdan boshlanadi albatta. Yoshlarni o‘tmishdan va uning saboqlaridan xabardor qilish esa bugungi kunning muhim vazifalardan biri sanaladi. JDPU tuzilmasidagi qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi tashrif buyuruvchilar uchun taassurotlarga boy maskanga aylanmoqda desak xato qilmagan bo‘lamiz. Oliygohning Magistratura bo‘limi 40 dan ziyod magistrantlari  muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishish niyatida professor-o‘qituvchilar hamrohligida muzeyga tashrif buyurishdi.

Ta’kidlash joiz, mazkur muzey nafaqat Jizzx vohasi balki, o‘lkamiz tarixi, yurt uchun jonidan kechgan ajdodlarimiz xotirasidan so‘zlaydi.

Tashkil qilinayotgan bu kabi ekskursiyalar esa yoshlarga ma’naviy ozuqa berish bilan bir qatorda ularda vatanga muhabbat, boy tariximizga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini oshiradi.


Ulashish:
849
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.