Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/08/2020
Chop etish
Mustaqillik solnomasi. 

Bino va Inshoatlar

EZGULIK ARKASI

Ezgulik arkasi 2005 yil 1 sentabrda qurib bitkazilgan, uzunligi 150 metr, ikki tomoni o‘n, o‘rta peshtoqi o‘n ikki metr balandlikka ega, qator ketgan o‘n oltita oq marmar ustunlardan iborat bo‘lib, Mustaqillik maydonida joylashgan «Mustaqillik va ezgulik monumenti» majmuasining bir qismi hisoblanadi.

 

Mustaqillik va Ezgulik Monumenti – Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov g‘oyasi bilan bunyod etilgan me’moriy – badiiy majmua. Ramziy ravishdagi yer sharida O‘zbekiston Respublikasi xaritasi aks etgan ushbu obida jahon xaritasida mustaqil O‘zbekiston mustahkam o‘rin olganini ifodalaydi. Mustaqillik monumenti bilan uyg‘unlashgan holda uning oldiga “Baxtiyor ona” haykali (haykaltarosh I. Jabborov) va maydonining quyi qismida Ezgulik arkasi o‘rnatildi. “Baxtiyor ona” mustaqillik tufayli yuzida shukronalik balqib turgan munis o‘zbek ayoli – baxtli oila timsolidir. Haykal quyida oq poyondozli yo‘l bilan Ezgulik arkasiga tutashadi. Ezgulik arkasini maydonning ramziy darvozasi deyish mumkin. Oppoq marmardan qad rostlagan bu me’moriy qurilma tepasidagi parvozga shaylangan baxt va tinchlik, farovonlik elchisi hisoblangan turna, laylaklar quyoshning zarrin nurlarida kumushdek tovlanib, dillarda ezgu tuyg‘ular uyg‘otadi. Arkaning baland va mustahkam ustunlari – mustaqil mamlakatimizning baquvvat tayanchlari ifodasidir. Mustaqillik monumenti va “Baxtiyor ona” haykali, Ezgulik arkasi oq poyondoz shaklidagi keng yo‘lak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil etadi. Bular mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda o‘zida uyg‘un ifodalaydi.

 


Ulashish:
1 560
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.