Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/11/2021
Chop etish
Munosiblar taqdirlandi.

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti  Kengashining 3-sonli majlis odatdagidek  taqdirlash qismi bilan  boshlandi.

Dastavval institut rektori Sh.Sharipov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan  ilmiy unvon  va ilmiy daraja bo‘yicha berilgan diplomlarni  o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Tantanali tabrik qismi  “JDPI rektorining stipendiyasi» sovrindorlarining taqdirlash marosimiga ulanib ketdi. Unda institut qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyining 8 nafar talabasi  taqdirlandi. Ta’kidlash joyi oliygoh rektori Sh.Sharipov tomonidan ta’sis etilgan stipendiyaga  40 nafardan ziyod o‘quvchi yoshlar da’vogar bo‘lgan edi. “ JDPI rektorining stipendiyasi” ga sazovor bo‘lganlar  orasida xalqaro olimpiada sovrindorlari, sport musobaqalarining respublika g‘oliblari, shuningdek”Eng yaxshi kitobxon” tanlovida faol ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar borligi juda quvonarli.

 


Ulashish:
831
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.