Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/07/2022
Chop etish
MULOHAZA: Konstitutsiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish

Bugungi kunda mamlakatimizda  Konstitutsiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu bizning yorqin kelajagimizni belgilaydigan yangi harakat. Bu demokratik davlat shakllanishining yangi bosqichidir.

Men uni katta qiziqish bilan kuzatyapman, va ba’zi o’zgarishlarga alohida e’tibor qaratmoqchiman.

Ayni paytda Xalq deputatlari kengashiga hokimlar raislik qilmoqda. Yangi Konstitutsiyada esa Kengashlar faoliyatiga mustaqillik berish taklif etildi. Bu nimani anglatadi? Bu shuni anglatadiki, xalqning farovonligi uning xohishi bilan yaxshilanadi. Chunki deputatlar xalq vakillari. Biz yana bir muhim o‘zgarishgaga e’tibor qaratishimiz kerak. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev ham Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish uchun o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi. Xususan, u Konstitutsiyada o’lim jazosini taqiqlashni va 24-moddaga tegishli qatorni qo’shishni taklif qildi. «Yashash huquqi har bir insonning tabiiy huquqidir, buni unga davlat emas, balki Yaratganning bergan huquqidir», dedi u. Tug’ilish bu yashash demakdir. Hech kimga kimnidir hayotini olish huquqi berilmaydi. Har bir inson yashash huquqiga ega. Menimcha, bu taklif mamlakatimizda demokratik taraqqiyotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bilamizki bugungi kunda axborot texnologiyalar asrida, xar kimning oʼz ixtiyorida telefon apparati borligi va ular oʼzi hohlagan maʼlumotni topishi mumkin. Bu yangi Konstitutsiyada ham «Har kim internet jahon axborot tarmogʼiga kirish va undan erkin foydalanish huquqiga ega» deb mustahkamlab qoʼyildi.

Vatanga bo‘lgan sadoqat muqaddasligi, bepul umumiy o‘rta ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi, ta’lim bo‘yicha alohida ehtiyojlarga va individual imkoniyatlarga ega bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim va tarbiya tashkil etilishi. Bularning barchasi nima uchun xizmat qiladi? Albatta xalqimiz farovonligiga, inson qadrining ulug‘lanishiga va barcha maqsadlarimizning erishilishiga xizmat qiladi.

 

 

 

Mizrob Husanov

 

Arnasoylik faol yosh

 

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi


Ulashish:
913
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.
NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...