Memorandum imzolandi: “Ma’suliyatlar belgilab olindi”, -deydi viloyat prokurori Islom Ergashxodjaev
Bugun A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogik institutida Jizzax viloyat prokuraturasi hamda viloyatdagi OTM lar o‘rtasida memorandum imzolandi.
Tadbirga yig‘ilganlar dastlab institut hovlisida tashkil qilingan talabalarning ijodiy ishlaridan tashkil topgan ko‘rgazma namoyishida ishtirok etishdi. Ezgu maqsad yo‘lida tashkil etilgan memorandum imzolash marosimida so‘z olganlar oliy ta’lim muassasalari bilan prokuratura organlarining hamkorlik istiqbollari xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Yig‘ilganlar belgilangan chora-tadbirlar bir birma, bandma band tanishish bilan bir qatorda bu borada o‘z takliflarini ham bildrib o‘tishdi. Bildirilgan Fikr mulohazalar va takliflardan so‘ng Jizzax davlat pedagogika instituti , Jizzax politexnika instituti , O‘zMU Jizzax filiali rahbarlari va viloyat prokutarturasi bilan o‘rtasida memorandum akti imzolandi.
Memorandum imzolash marosimi bosh prokuror Islom Ergashxodjaev hamda OTM rektorlarining talaba -yoshlar uchrashuvi bilan davom etdi. Uchrashuvda har uchchala oliygohdan taklif etilganiqtidorli talabalar o‘z fikr mulohazalarini, g‘oyalarini qiziqarli takliflarini bildirishdi. Samimiy ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuv so‘ngida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.