Malaka oshirish va stajirovkaga yuborish bo’yicha bo’lib o’tgan tanlov natijalari e’lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-289-sonli qarorining 2,e-bandi va Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorining 2022-yil 5-sentyabrdagi “Universitet ixtisoslik kafedralarining kamida 5 % professor-o’qituvchilarini xorijiy oliy ta’lim muassasalar va ilmiy tashkilotlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish to’g’risida”gi 332-U-sonli buyrug’iga asosan o‘tgan 2022 yilning 21-22 dekabr kunlari oliygohning ixtisoslik kafedralari tomonidan taqdim etilgan 60 nafar nomzodlar o’rtasida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish bo’yicha tanlov bo’lib o’tdi. Tanlov natijalariga ko’ra barcha ko‘rsatkichlarga javob beraoladigan 18 nafar saralab olindi.