Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam.
O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim hamda Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirliklarining 2022-yil 13-yanvardagi “Bolalarni boshlang`ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari pedagoglari uchun “Ilm yo`li” variativ dasturi bo`yicha qisqa muddatli o`quv kursini tashkil qilish to`g`risida”gi 1 va 1-Q/Q-sonli qo`shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Maktabgacha ta’lim tasarrufidagi Pedagogika kollejlaridan “Ilm yo`li” variativ dasturi asosida bolalarni boshlang`ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash bo`yicha tashkil etilgan qisqa muddatli onlayn o`quv kursi tashkil etildi.
Ushbu o`quv kursida Maktabgacha talim metodikasi kafedrasi o`qituvchilaridan:- M.A.Norqo`ziyeva «Maktabgacha talim metodikasi».
- Sh.A.Buranova «Maktabgacha ta’limning zamonaviy metodik ta’minotini ishlab chiqishda hamkorlik masalalari».
- M.S.Usmanova «Maktabgacha talim pedagog kadrlarini kasbiy rivojlantirish yo`nalishlari» mavzularida ma’ruza qilishdi.
Oʻtkazilgan oʻquv kurslarida professor-oʻqituvchilar tomonidan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablarining mazmun va mohiyati, Maktabgacha taʼlim metodikasi, Maktabgacha taʼlimning zamonaviy metodik taʼminotini ishlab chiqishda hamkorlik masalalari, pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish yoʻnalishlari haqida kerakli maʼlumotlar berildi. Seminar qiziqarli bahs munozaraga boy bo`ldi.