Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/08/2022
Chop etish
Magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi.

Xabaringiz bor Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) bilan davlat OTMning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi.

Nizomga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

Buning uchun talabgor 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15 sentabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

Xo‘sh Jizzax davlat pedagogika universitetida bu jarayon qanday kechmoqda?

-Universitet rektorning buyrug‘iga asosan oliygohda ishchi guruh tashkil etilgan. Hozirgi kunda oliygohda 2 kursda taxsil olayotgan magistralar soni 920 nafar bo‘lib, shundan 596 nafari xotin –qizlarni tashkil etadi. Ushbu xotin-qizlardan  43 nafari davlat granti asosida, 553 nafari to‘lov shartnomasi asosida taxsil olib kelmoqda. Qaror ijrosisni ta’minlash maqsadida universitetning elektron saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarida barcha magistrant xotin-qizlarimizni universitet rektori nomiga yozilgan arizalar qabul qilish ishlari tashkil etilgan va xozirgi kunga kelib 215 nafar qizlarimiz arizalar bilan murojaat etgan, deydi Magitsratura bo‘limi rahbari R. Yarmatov

-Men 2017 yilda JDPU ning Pedagogika psixologiya fakultetining bitirganman. Ayni paytda Zomin tumanidagi 46 umumta’lim maktabida psixolog bo‘lib ishlayman. Bu yil aynan shu yo‘nalish bo‘yicha Magistratura bo‘limiga hujjatlarimni topshirdim. Boshida  to‘lov kontraktni magistraturada o‘qiydigan kam ta’minlangan ayollarga to‘lanadi, deb tushungan ekanman. Yo‘q, unaqa emas ekan. Bugun mana shu yerda bu qaror haqida yanada batafsil ma’lumotlarni oldim. Davlatimiz rahbarining biz xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiboridan juda mamnunman. Niyatim o‘z soham bo‘yicha  malakali mutaxassis bo‘lish,-deydi Mohira Eshpo‘latova

 

-Men ham shu oliygohning Rus tili va adabiyoti fakultetini 2021 yilda tugatganman. Mutxassisligi bo‘yicha Jizzax shaxridagi 19 umumta’lim maktabida ishlab kelmoqdaman. To‘lovlar hammaga  davlat tomonidan birdek to‘lab berilishi yaxshi albatta. Faqat 15 sentabrgacha barcha ariza berish kerak bo‘ladi. Bizga berilgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda o‘qishimni magistraturadi davom ettirishni istadim. Biz xotin-qizlarga  berilgan bunday imkoniyat barchamizni ruhlantirdi. Judayam xursandman,-deydi Dominika Ismoilova

 


Ulashish:
834
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.