Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Kunduzgi bo‘lim oshirilgan kontrakt bo‘yicha ma’lumotlar.

Kirish imtixonida to’plagan ballari 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan yuqori bo`lgan abituriyentlar uchun 21 та yonalishda to`lov miqdori 46 170 792 so’mni tashkil qiladi*.

Siz talaba bo`lishingiz uchun ushbu mablag`ning yarmini (23 085 396 so’m) to`lashingiz kerak bo`ladi.  * Biologia va Xorijiy til va adabiyoti yo`nalishida 57 713 490 so’m (yarmi – 28 856 745 so`m). * Tibbiyot yonalishida 139 687 929 so’m(yarmi – 69 843 964 so`m). Qolgan kontraktning 50 foizini 2023 yil 1-iyulga qadar bo`lib to`lash imkoniyatiga ega bo`ladilarТabaqalashtirilgan kunduzgi to’lov-kontrakt miqdorining 8 barobari 51 300 880 so’m 10 % chegirma qo’llanilganda 46 170 792 so’mni tashkil etadi. Тabaqalashtirilgan kunduzgi to’lov-kontrakt miqdori Biologiya (turlari bo’yicha) va Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo’yicha) 10 barobari 64 126 100 so’m 10 % chegirma qo’llanilganda 57 713 490 so’m. Тabaqalashtirilgan sirtqi va kechki to’lov-kontrakt miqdorining 8 barobari 59 781 040 so’m 10 % chegirma qo’llanilganda 53 802 936 so’m. Тabaqalashtirilgan sirtqi to’lov-kontrakt miqdori Biologiya (turlari bo’yicha) 10 barobari 74 726 300 so’m 10 % chegirma qo’llanilganda 67 253 670 so’m. Тabaqalashtirilgan Tibbiyot fakulteti to’lov-kontrakt miqdorining 17 barobari 155 208 810 so’m 10 % chegirma qo’llanilganda 139 687 929 so’mni tashkil etadi. Tabaqalashtirilgan kontrakt(kunduzgi, sirtqi, kechki) shartnoma olgan abiturentlar,  shartnomada keltirilgan kontrakt summasining 50 foizini to`lashlari lozim. Shundan so`ng to`lovlari (50 %) asosida abiturentlarga talaba bo`lganliklari haqida buyruq rasmiylashtiriladi. Qolgan kontraktning 50 foizini o`quv yilining so`nggigacha( 1-iyulga qadar) bo`lib to`lash imkoniyatiga ega bo`ladilar.