Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/11/2020
Chop etish
Kun tarixi: Sharof Rashidov — O‘zbekistonni 1959-1983 yillarda boshqargan arbob .

Davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidovich Rashidov 1917 yil 6 noyabrda Jizzax shahrida tug‘ilgan. Jizzax pedagogika texnikumini (1935), Samarqand dalat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1941).

Sharof Rashidov Samarqand viloyati gazetasida mas’ul kotib, muharrir o‘rinbosari va muharrir (1937—41,1943), O‘zbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat komiteti kotibi (1944—47), «Qizil O‘zbekiston» gazetasi muharriri (1947—49), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949—50), O‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1950—59). O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy komiteti 1-kotibi (1959—83) lavozimlarida ishlagan.

Sharof Rashidov «Chegarachi» dostoni (1937), «Qahrim» she’rlar to‘plami (1945), «G‘oliblar» qissasi (1953), «Bo‘rondan kuchli» (1958), «Qudratli to‘lqin» (1964), «G‘oliblar» (1972) romanlari, «Kashmir qo‘shig‘i» lirik qissasi (1956) muallifi.

Sharof Rashidov rahbarlik qilgan yillarda Toshkentda metropoliten ishga tushdi. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodi dunyoning eng katta 5 ta aviatsiya birlashmalaridan biriga aylandi. Bu yerda yiliga 60 ta katta samolyot ishlab chiqarilgan. Toshkent traktor zavodida yiliga 21000 traktor, «Tashselmash» zavodida 10000 paxta yig‘ish kombayni ishlab chiqarilgan. 1969 yili Muruntov oltin koni ochilib, yiliga 100 tonna oltin qazib olinadi.

Sharof Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xo‘jaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi.

Sharof Rashidov ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), (1977). Lenin mukofoti laureati. 6 marta Lenin ordeni bilan, 4 marta boshqa ordenlar bilan, shuningdek medallar bilan taqdirlangan.

Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova — O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi direktori, kimyo fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi. Yana bir qizi Gulnora Rashidova — tarix fanlari nomzodi, kuyovi — Abdulaziz Komilov – diplomat, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.

Jizzax viloyatidagi tuman, Toshkent va Jizzax shaharlaridagi ko‘chalar, maktablar, mahallalarga uning nomi berilgan.

Sharof Rashidov 1983 yil 31 oktabrda Toshkent shahrida vafot etgan. «Chig‘atoy» qabristoniga dafn etilgan.

 

 

 

 

 


Ulashish:
7 386
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor aloqa kanallari.
Jizzax davlat pedagogika universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyat olib bormoqda.
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy imtihonlar o‘tkazildi.
12-avgust kuni 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.
Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosida oliy ta’limga qabul imtihonlari o‘tkazildi.
12–14-avgust kunlari 2025/2026 o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar tashkil etildi.