Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/07/2022
Chop etish
Joriy yilgi testda abiturientlarga savollarni ishlashga yordam tariqasida matematika formulalar ham tarqatiladi

Joriy yilda ilk marta abiturientlarga savollar kitobi bilan birga eng asosiy matematik formulalar ham tarqatiladi. Ya’ni endi bu kabi formulalarni shpargalka qilib yoki yashirincha olib kirish shart bo‘lmaydi. Abiturientlar tarqatilgan formulalardan bemalol foydalanib, test savollariga javob topishlari mumkin bo‘ladi.

Formulalar matematika fani mutaxassislik blokiga kiritilgan barcha yo‘nalishlar uchun beriladi. Birinchi yoki ikkinchi fan ekanligining farqi yo‘q. Mutaxassislik blokida matematika fani yo‘q bo‘lgan yo‘nalishlarda majburiy blokdagi matematika uchun formulalar berilmaydi. Chunki majburiy blokdagi matematika faniga formula shartmas, savollar shundoq ham elementar darajada oson bo‘ladi.

 

Ma’lumot uchun: avvalgi yillarda kimyo fanidan topshirayotganlarga Mendeleev davriy jadvali, fizikadan topshirayotganlarga esa fizik kattaliklar ro‘yxatini tarqatish yo‘lga qo‘yilgandi


Ulashish:
874
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.