Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/04/2024
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

JDPU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan “Xorijiy filologiya, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Buyuk Britaniya, AQSh, Turkiya, Ozarbayjon davlatlarining yetuk olimlari va O‘zbekistondagi ko‘plab universitetlar professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, magistrantlar o‘z maqolalari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiya Yalpi majlisida xorijiy mutaxassislardan tashqari JDPU, SamDChTI, Sharqshunoslik universiteti, Nizomiy nomidagi TDPU, O‘zbekiston Milliy universitetining yetakchi olimlari zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalari va rivojlanish tamoyillari, zamonaviy nasr va she’riy tarjima muammolari, madaniyatlararo muloqot va badiiy tarjimaning lingvomadaniy aspektlari, xorijiy tillarni o‘rganish metodikasi va ta’lim tarbiya nazariyasi, ta’lim jarayoniga pedagogik hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish mavzularida ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.


Ulashish:
1 014
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.