Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/09/2021
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.

«Global fuqarolik, uning ahamiyatini tushunishga ko‘maklashish va bu sohadagi ko‘nikmalarni rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘ngillilar materiallari orqali mazkur mavzuni targ‘ib qilish» mavzuida o‘tkazilgan treningda oliygohda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar ishtirok etdi.

Seminarda millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini ilgari surish va jamiyatda madaniy xilma-xillikni yanada rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot ishlari yordamida mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlashga faol ta’sir o‘tkazish kabi tushunchalar bo‘yicha ma’lumot berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda ishonchli materiallar orqali fuqarolarni buzg‘unchilik faoliyatiga jalb qilinishining oldini olish, nizolar va kamsitilishlarning paydo bo‘lishiga qarshi xabardor qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tildi.

 

 

Seminar davomida pedagoglarning dars jarayonlarida mavzuni tinglovchilarga yetkazib berishda e’tibor qaratadigan jihatlar haqida ham  so‘z bordi.

Trening yakunida ishtirokchilar va trenneng tashkilotchilari tomonidan savol javoblar o‘tkazildi.

Seminar-trening Jizzax viloyat Jurnalistlar uyushmasi hamda Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati hamkorligida tashkillashtirildi.


Ulashish:
1 020
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...