Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/10/2021
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika institutida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.S.Sharipov oliygoh majlislar zalida  AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat ishlari bo‘yicha ma’sul xodimi Sarah Talalay  va Akses grant dasturiga biriktiriladigan ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha assistent Jeymes Reddiy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda institut rektori Sh.Sharipov elchixona  vakillariga Jizzax davlat pedagogika instituti tarixi, uning bugungi kundagi faoliyati, shu kungacha o‘rnatilgan halqaro aloqalar  haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda ularning tashrifidan minnatdor ekanligini, mana shunday loyihalarda ishtirok etish, ustoz va talabalarning chet tillarda xususan ingliz tilida yanada ravon so‘zlashishlariga turtki berishi ko‘proq bilimga ega bo‘lishi  haqida so‘zladi.

Muloqot chog‘ida Sarah Talalay O‘zbekistonga kelganiga uch oy bo‘lganligini Jizzaxdagi uchrashuv esa uning ilk xizmat safari ekanligini shu bilan bir qatorda, Akses grant dasturiga biriktiriladigan ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha assistent James Reddiyning O‘zbekistonga birinchi tashrifi aynan Jizzaxdan boshlanganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek u o‘z so‘zida bugun AQSh elchixonasi tomonidan  ta’limga oid 15 ga yaqin turli loyihalar mavjudligini  Jizzax davlat pedagogika instituti  o‘qituvchilari va talabalarning mana shunday loyihalarda qatnashib o‘z  imkoniyatlarini sinab ko‘rishlari mumkinligini bildirdi.

Samimiy suhbat tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuv so‘ngida mehmonlarga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 


Ulashish:
1 047
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.