Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/10/2017
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida 1-oktyabr Uztoz va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan “Bayramingiz muborak aziz uztozlar” nomli  tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirni institut ma’naviy-ma’irifiy ishlar prorektori F.Axmedov  kirish so‘zi bilan ochib berdi. F.Axmedov tabrik so‘zini Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning “Tarbiya qanchalik mukammal bo‘lsa xalq shuncha baxtli yashaydi” degan so‘zlari bilan boshladi. Ta’lim-tarbiya insonga butun umri davomida shart va zarurligi,  tarbiyani esa dono va oqil uztoz va murabbiydan olmoq lozimligini aytib o‘tdi. Uztoz degan nom asli buyuklik, ulug‘vorlik so‘zi bilan hamnafasdir.

Ushbu nomga munosib bo‘lish baxti siz azizlarda mujassamligini baralla ayta olaman. Va kelgusida talaba-yoshlarimiz ham ana shunday nomni oqlaydigan, davlatimizga kerakli mutaxassis xodimlar bo‘lib yetishishini xoxlayman, yana bir bor bugungi ayyom bilan samimiy qutlayman deb so‘zini yakunladi. F.Axmedovning samimiy tabrigidan so‘ng, umumiy matematika kafedrasi dotsenti Baxrom Mamajonov “Bayramingiz muborak aziz uztozlar” nomli ma’ruzasini o‘qidi.

Shundan so‘ng, institut talaba-yoshlari nomidan o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti IV kurs talabasi Abduraxmonova Sevara so‘zga chiqdi. U o‘z tabrigini O‘zbekiston xalq shoiri  A.Oripovning “Muallim” she’ri bilan boshladi.

Shoirlar dedilar: “Siz baxtli inson,

Xalqingiz ardoqlar barcha taniydi”

Shoir javob qildi: “Menda bir armon

Muallim desalar meni qaniydi”.

Va tabrigi davomida quyidagi fikrlarni keltirib o‘tdi. Jamiyatimizda turli kasb egalari faoliyat ko‘rsatadi. Yilning biror sanasida ularning kasb bayramlari nishonlanadi. Biroq xech biri uztoz-murabbiylar kuni kabi ko‘tarinkilik bilan nishonlanmasa kerak. Boisi o‘sha har bir jabha mutaxassislari bugungi darajaga uztoz va uning mehnatlari tufayli erishgan desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Aziz uztozlar men sizlarni institutimiz talaba-yoshlari nomidan chin qalbdan tabriklayman va biz yoshlarga   ta’limingiz va tarbiyangiz uchun ming rahmat aytaman deb o‘z so‘ziga yakun yasadi.

Samimiy tabriklardan so‘ng institutda faoliyat ko‘rsatayotgan faol professor-o‘qituvchi va xodimlarni taqdirlash marosimi boshlandi. Professor-o‘qituvchi va xodimlarni ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov fahriy yorliq bilan taqdirladi.

Tadbir davomida institut talabalari hamda o‘qituvchilaridan tashkil topgan havaskor jamoalarning konsert dasturi namoyish etildi.

 


Ulashish:
1 319
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.