Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/12/2025
Chop etish
JDPU va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jizzax davlat pedagogika universitetiga kuni Sankt-Peterburg davlat universiteti Rus tili test sinovlari markazining delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Dastlab delegatsiya a’zolari — Rus tili test sinovlari markazining nazorat va kuzatuv faoliyati bo‘yicha direktor o‘rinbosari Maksim Dmitriyevich Voronov va bosh metodist Irina Yurevna Ilicheva JDPUda o‘tkazilgan rus tilidan chet tili sifatida o‘tkaziladigan test sinovlari tartibining SPbGU tomonidan belgilangan standartlarga mosligi, auditoriya fondi va uning texnik jihozlanganligi, ro‘yxatga olish kartochkalari asl nusxalari, javob blankalari, saqlanayotgan test materiallari, o‘tkazilgan sessiyalarning videoyozuvlari o‘rganildi.

Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari bilan universitet rahbariyati o‘rtasida rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuvda Sankt-Peterburg davlat universitet va JDPU o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish qo‘shma ta’lim dasturlari, o‘qituvchilar almashinuvi, akademik mobillik dasturi doirasida

JDPU talabalari uchun yarim semestr yoki bir semestr davomida SPbGUda o‘qish imkoniyatlarini yaratish, ikki tomonlama o‘quv va ilmiy hamkorlikni kengaytirishga oid takliflar ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash, zarur hujjatlarni tayyorlash va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.


Ulashish:
1 583
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.