JDPU talabalarni kutib olishga tayyormi?
Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ana shu haqda so‘z bordi.
Tadbirda barcha fakultetlar dekan o‘rinbosarlari Bo‘lim boshliqlari, TTJ tarbiyachilari va barcha fakultetlar t’yutorlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishni Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S. Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida Jizzax davlat pedagogika universiteti yangi – 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, talabalarni kutib olish va ularni talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rish lozimligini ta’kidlab, bugun raqamlashtirish tufayli barcha sohlaarda ochiqlik va shaffoflikka eirishilayotgani, yangi o‘quv yilidan boshlab TTJ ga joylashtirish tizimi to‘liq raqamlashtirilib amaliyotga joriy etilganini aytib o‘tdi. Quvonarlisi shuki endi talabalar turar joy uchun hujjatlarni onlayn tartibda, uydan chiqmagan holatda interaktiv.jdpu.uz havolasi orqali topishlari mumkin.
Uchrashuv davomida t’yutorlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan talabalar balansi, talabalar turar joyi va ijara xonodonlariga ehtiyoji bor talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, birinchi kurs maktabi tadbirlarini samarali o‘tkazish xususida ham suhbatlashildi. Yig‘ilishda shuningdek universtietning Kompleans nazorat bo‘limi rahbari A. Umrzoqov ham so‘zga chiqib korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik noxush holatlarning oldini olish, xodimlar tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish va xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik haqida tavsiyalar berib o‘tdi.