Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/09/2022
Chop etish
JDPU talabalari o’rtasida  ingliz tili orfografiyasi bo‘yicha respublika tanlovi (“Spelling Bee”) ning viloyat bosqichi o’tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 31-iyuldagi 20/27646-sonli hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasining 2022-yil 8-avgustdagi 22-260 va 2022-yil 30-avgustdagi 22-326-sonli xatlarining ijrosi sifatida bugun 26-sentabr JDPU talabalari o’rtasida  ingliz tili orfografiyasi bo‘yicha respublika tanlovi (“Spelling Bee”) ning viloyat bosqichi o’tkazildi.

Ushbu tanlovda JDPU xorijiy tillar fakultetitining talabalari o’zlarining ingliz tilidagi orfagrafik bilimlari bilan o’zaro bellashishdi. Ushbu bellashuvni FULBRIGHT ETA ingliz tilini o‘qitish dasturi assistent o‘qituvchisi  Szczesny Aaron Christopher va Amerika Kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasining dasturlar bo’yicha mutaxassisi Gulrabo Shakarova baholab bordi. Bellashuvning yuqori saviyada o’tishida JDPU xalqaro hamkorlik  bo’lim vakili Sh.Rashidov va  xorijiy tillar fakulteti ingliz tili amaliy kursi o’qituvchilari ham o’z hissalarini qo’shishdi.

Tanlov bahs-munozaraga boy bo’ldi. Tanlov natijalariga ko’ra:

1-o’rin: Azimova Durdona, 3- bosqich talabasi

2-o’rin: Abdurakhmonova Madina, 3- bosqich talabasi

3-o’rin: Xoljo’rayeva Komila, 2-bosqich talabasi

4-o’rin: Baxriddinova Mashura, 2-bosqich talabasi

Ushbu talabalarimiz noyabr oyida Respublika bosqichida qatnashish huquqini qo’lga kiritdi. Talabalarimizga omad hamisha yor bo’lsin!


Ulashish:
659
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.