Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

JDPU rektori Sayiljoyi akademik litseyida ochiq muloqotda ishtirok etdi.

JDPU akademik litseyida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda JDPU rektori  Sh. Sharipov o‘quv ishlari bo‘yicha  prorektor B. To’xtamishev ishtirok etishdi. JDPU akademik litseyi ustozlari va talabalari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotni, JDPU akademik litseyi ijrochi direktori J. Yusupovochib berdi. Ochiq muloqotda  ayni paytda O’zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim va O’rta maxsus ta’lim tizimlaridagi olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar, o’zgarishlar, imtiyozlar, shuningdek davlat rahbari  tomonidan yoshlariga berilayotgan e’tibor, ularning  zamonaviy va sifatli ta’lim olishi uchun  yaratilayotgan sharoitlar, yoshlar siyosatiga oid qabul qilinayotgan qarorlar haqida so‘z bordi.   Xabaringiz bor yozgi ta’til davomida Armanistonning  Yerevan shahrida o’tkazilgan Xalqaro Biologiya fani olimpiadasida, O’zbekiston Respublikasi terma jamoasi ham ishtirok etgan edi. JDPU akademik litseyining joriy yilning bitiruvchisi Azizbek Muxtorov ham terma jamoaning a’zosi hisoblanib, Armanistonda bo’lib o’tgan Xalqaro olimpiadada faol ishtiroki bilan “ENG FAOL VA ENG BILIMLI” yosh biolog nominatsiyasini, Xalqaro darajadagi  sertifikatni qo’lga kiritdi. Faol o‘quvchi Azizibek Muxtorovnning yutuqlari ortidan uning o‘qituuvchisi B. Abduvohidov  ham yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘ldi. Samimiy va ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida  universitet rektori  Sh. Sharipov  ustoz shogirdlarni yana bir bor e’tirof etib, ularni maqtov yorlig‘i va hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirladi. Tantanali tadbir kuzatish marosimiga ulanib ketdi. Shu dargohda ko‘p yillar faoliyat yuritgan JDPU akademik litseyi Ona tili va adabiyoti kafedrasining mudiri T.Xoljo’rayevga ilm berish yo’lida qilgan mehnatlari, litsey rivojiga qo’shgan hissasi uchun rahbariyat tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘lari topshirildi. Ochiq muloqot so‘ngida  JDPU akademik litseyining yangi 2022/2023-o’quv yili uchun mo’ljallangan dasturlar, rejalar, loyihalar belgilanib ham  olindi.