Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/10/2025
Chop etish
JDPU hamkorlik eshiklarini keng ochmoqda: Bolgariyalik mehmon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maqsudjon Yuldashev hamda Bolgariya Respublikasidan tashrif buyurgan “Revolution Boxing Promotion” kompaniyasi menejeri Ventzislav Georgiyev (Ventzislav Gueorguiev) o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar sport sohasida, xususan, boks yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlash, iqtidorli yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro sport tadbirlarini birgalikda tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

Mehmon Ventzislav Georgiyev universitetda tahsil olayotgan yosh bokschilar bilan uchrashganini va ularning salohiyati yuqori ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, u JDPUdagi boks maktabida faoliyat yuritayotgan murabbiylar, xususan, Bobousmon Boturov kabi tajribali sport ustozlari bilan hamkorlik qilish istiqbollarini yuqori baholadi.

“Sizning universitetingizda olimpiya va jahon chempionlari borligi men uchun katta taassurot bo‘ldi. Ular o‘z ishiga sidqidildan yondashadi. Yanvar oyida tajriba almashish maqsadida yana tashrif buyuraman”, — dedi Ventzislav Georgiyev.

 

O‘z navbatida universitet rektori Maqsudjon Yuldashev mehmonni qutlar ekan, hamkorlik uchun eshiklar har doim ochiq ekanini ta’kidladi:

“Biz xalqaro sport tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz. Bu nafaqat talabalarimizning tajribasini oshiradi, balki ularning jahon arenalariga chiqishiga ham keng imkoniyat yaratadi”, — dedi rektor.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida qo‘shma sport tadbirlari, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish, JDPU talabalari va murabbiylarini xalqaro sport tadbirlariga jalb etish bo‘yicha kelishib oldilar.


Ulashish:
1 471
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.