Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/06/2022
Chop etish
Institutda “Ustoz-shogird an’analari” nomli ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti Fizika va texnoologik ta’lim fakulteti Tasviriy sa’nat va muhandislik grafikasi kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan “Ustoz-shogird an’analari” nomli ijodiy ishlar ko‘rgazmasida iqtidorli talabalar va professor-o‘qituvchilarning yil davomida qilingan ijodiy ishlari namoyish etildi.”Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilayotgan ijodiy ishlar ko‘rgazmasinining rasmiy qismini  institut rektori  Sh.Sharipov ochib berdi.

-Bugungi ko‘rgazmada institutda tahsil olayotgan talaba yoshlarimiz bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilarning bir so‘z bilan aytganda  ijodkorlarning 100 dan ortiq ijod mahsuli namoyish etilmoqda,- deydi institut rektori Sh.Sharipov – Ko‘rgazmada yurtimiz go‘zalligi, keyingi yillarda bo‘layotgan o‘zgarishlar aks etgan ijodiy ishlarni, namunalarni ko‘rdik. O‘zida tabiat ajoyibotlarini, ezgu xislatlarni  his qilib, uni rang-tasvirda ifodalashga uringan, qalbida vatanga muhabbati bor,  qo‘li bilan go‘zallik yaratuvchilariga  faqat omad tilayman.

 

Ko‘rgazma davomida mehmonlar talaba yoshlarning ijodiy ishlari bilan birma-bir tanishib chiqishdi. O‘z navbatida  ishtirkochilar ham ijodiy ishlari va yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berishdi. Oliygoh hovlisida tashkil etilgan ko‘rgazmada 500 dan ortiq yoshlar va san’at shaydolari ishtirok etishdi.


Ulashish:
878
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.