INSTITUT VA MAHALLA…
Jizzax davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri va professor-o‘qituvchilari “Mahalla va yoshlar” dasturi doirasida Jizzax viloyati Baxmal tumani Barlos MFY hududida bo‘lishdi.
Baxmal tumani Barlos MFYda 1110 ta xonadon mavjud. Hududda 1657 nafar yoshlar istiqomat qiladi.Shulardan 9 nafari ishsiz, 8 nafari yakka tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditga talabgor, 11 nafariesa moddiy yordamga muhtoj yoshlardir.
“Mahalla va yoshlar” dasturi doirasida institut Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri va professor-o‘qituvchilari Baxmal tumani Barlos MFY xududida fuqarolar yig‘ini idorasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 28 nafar yoshlar faoliyati bilan tanishish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan tuzilgan ro‘yxatda, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishni istovchilar uchun imtiyozli kreditlar, moddiy yordamga muhtoj yoshlar uchun moddiy yordam paketlari shakllantirilganligi aniqlandi..
Kafedra o‘qituvchilari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashib, ushbu dastur asosida olingan imtiyozlarning amaliyotga tatbiq etilish jarayoni bilan ham tanishdilar:
Ushbu yoshlar berilgan imkoniyatlardan unumli va maqsadli foydalanishayotganlari aniqlandi.
Masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri I. Umarov ushbu imtiyozli qo‘llab-quvvatlash asosida kreditlar va yer maydonlariga yega bo‘lgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlarda bunday imtiyozlardan unumli foydalanishi, maqsadli yo‘naltirish bo‘yicha muhim eslatmalarni ham berib o‘tishdi.Shuningdek kafedra o‘qituvchilari tashabbusi bilan Barlos MFY Barlos qishlog‘idagi 32-umumta’lim maktabida ona tili va o‘zbek adabiyoti fanlaridan haftada bir kun bepul tayyorlovo‘quv kurslari tashkil etilishi belgilandi. Yaqin kunlarda tarix, jismoniy madaniyat yo‘nalishlari bo‘yicha ham bepul tayyorlov kurslari ochish rejalashtirilmoqda.