Inson ustivorligini ko‘zlovchi islohotlar amalda -deydi O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi spiker o‘rinbosari Alisher Qodirov
Bosh qomusimizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayoni , “inson – jamiyat – davlat” tamoyili, soddaroq aytganda Inson sha’ni va qadr-qimmati ustivorligini ko‘zlovchi islohotlar asosida amalga oshirilmoqda.
Bugun dunyo tajribasiga nazar soladigan bo‘lsak, so‘nggi 30 yillikda 90 ga yaqin davlatda demokratik konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilib, ularning 53 tasida yangi konstitutsiyalar qabul qilinganligining guvohi bo‘lamiz. Bir so‘z bilan aytganda davlatning Asosiy qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish hayotiy zaruriyatlardan kelib chiqadi. Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ana shunday ma’lumotlar bilan boshlandi. Yig‘ilishni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipov ochib berdi.
“O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bir necha marotaba turli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ayni paytda mazkur jarayon Konstitutsiyaning barcha bo‘limlari, boblari va moddalarini keng muhokama qilish asnosida amalga oshirilmoqda. Misol tariqasida fuqarolardan takliflar olish jarayonini keltirishimiz mumkin. Taklif berish jarayoni boshlangandan to hozirga qadar Jizzax davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, hamda talaba yoshlar faol ishtirok etganinini, ular tomonidan 100 dan ziyod takliflar turli manbalar orqali Konstitutsiyaviy komissiyaga yuborilganligini aytish joiz. Konstitutsiyaviy islohotlar, tom ma’noda, “inson qadri uchun” degan ezgu tamoyilning hayotda o‘z isbotini topishiga, Yangi O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi yanada ortib, jonajon yurtimizning ijobiy imidji yanada yuksalishiga xizmat qilishi, shubhasiz.”- deydi rektor Sh.Sharipov
“Davr — o‘zgarishlarni talab qilmoqda. Bu esa, konstitutsiyaviy islohotlar bilan amalga oshiriladi. Taraqqiyot strategiyasining maqsadlarini amalga oshirish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratish muhim vazifa bo‘lib turibdi.Davlatimiz rahbari xalqimiz bilan har tomonlama bamaslahat holda qaror qabul qilinishi xaqida fikr bildirib o‘tdi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tamanki konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar bu jamiyatdagi ekologiya, qadriyatlarning kamsitilishi, millatlararo totuvlik muammolari, xavfsizlik, inson qadri hamda umuminsoniy qadriyatlarni yuqori qo‘yish kabi yo‘nalishlardagi talablar asosida o‘zgartiraladi.”-deydi A. Qodirov
Ma’lumot uchun: loyihaga muvofiq bugun hujjatning muqaddima qismi va 64 moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar 6 ta yangi modda kiritilishi rejalashtirilgan.
Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Jizzax viloyatidagi OTM lar professor-o‘qituvchilar, ziyolilar, faollar va talaba yoshlar ishitrok etishdi. Ma’ruza davomida notiqlar shuningdek bugungi kunda oila instituti inqirozga yuz tutayotgani, qadriyatlarni asrash uchun ham, ta’lim taribya tizimini yaxshilash, maktabgacha ta’lim tizimini mustahkamlash uchun ham asosli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kirtilayotgshanni ta’kidlashdi. Yig‘ilish davomida bir qator faollar va professor-o‘qituvchilar ham o‘z fikr mulohazalarini, xususan 13, 101 moddalaryuzasidan savol va takliflarini bildirib o‘tishdi.
Yig‘lishda shuningdek Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi kotibiyat mudiri N. Karimova , Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nazira Muxtorova ishtirok etishdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati.