Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/10/2022
Chop etish
Ijtimoiy soha: Kecha, bugun, ertaga……

Ekpert va mutaxassislarlar ishtirokida ochiq muloqot

Tarix fakulteti “Milliy g‘oya, huquq va ma’naiyat asoslari” yo‘nalish talabalariga “Inson qadri har narsadan ulug‘” shiori ostida 4 bosqich talabalari uchun Ijtimoiy ta’minot huquqi fanidan tashkil etilgan ochiq dars ana shunday nomlandi. Xabaringiz bor tarix fakultetida an’anaiy tarzda ekpert va mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqot va davra suhbatlari fakutet talabalarining beshta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning tashrif qog‘oziga aylanib bormoqda. Navbatdaga tadbir ham noan’anviy ruhda tashkil etilib, sohaga oid bir qator tashkilotlar xususan,  Jizzax viloyat Nuroniy jamg‘armasi, Jizzax shahar Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Sharof Rashidov tumani bo‘limi va tadbir homiysi O‘zLiDEP Jizzax viloyat Kengashidan ekspert va mutaxassislar taklif etildi.

Talabalarga eksper va mutaxassislar tomonidan Ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar mazmun va mohiyati, aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash va himoya qilish tizimida qabul qilingan qonun va qonunosti xujjatlar, davlat dasturining ijro etilishi, mvjud muammo va kamchiliklar, shunigdek, Taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy sohada ko‘zda tutilgan vazifa va maqsadlar to‘g‘risida to‘xtalib, ishtirokchilarga batafsil tushuncha va axborotlar berildi.

Ochiq dars davomida faol qatnashgan, o‘z fikr va dunyoqarashlarini erkin namoyon etgan bir guruh talabalarga O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovga va davlatimiz raxbari tomonidan chop etilgan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi kitoblari topshirildi.


Ulashish:
1 091
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.