Ijarada turuvchi talabalar bilan uchrashuv…
Shu kunlarda Jizzax shahridagi bir necha MFY vakillari OTM larda bo‘lib, talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Mazkur jarayonda Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori va faollar o‘z mahalla hududida ijarada turgan talabalarning muammolarni yanada chuqur o‘rganishga, ularning tinchligi va yaxshi sharoitda istiqomat qilishlari uchun ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan.
Sa’dulla Meliboev Jizzax shahridagi “Zargarlik” mahalla fuqarolar yig‘in raisi lavozimida faoliyat yuritad
i. Bugungi Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan uchrashuvga aynan uning mahallasi hududida istiqomat qilayotgan ijaradgai talabalar taklif etilgan. Uchrashuvda so‘z olgan S.Meliboev, mahalla faollari, ularning shodligu-quvonchiga, kundalik hayotiy tashvishlariga sherik ekanligini, shuning bilan ularning hayoti uchun qisman ma’sul ekanliklarini ta’kidlab o‘tdi.
– O‘rganishlar davomida bizni o‘ylantirayotgan, ko‘pdan beri o‘z yechimini kutayotan muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratyapmiz, – deydi MFY raisi S.Meliboev. – Shuningdek, uchrashuvlarda talabalarning o‘z haq huquqlarni bilishlari, ijarada turish shartlari bilan yaqindan tanishishlari, mahalla obodonchiligiga o‘z hissalarini qo‘shishlarini istardim. Talaba to‘rt yil oliygohda o‘qish mobaynida shu mahallada istqomat qilar ekan demakki bu yer ham uning o‘z maskani ekanligini unutmasligi lozim.
Bugungi kunda “Zargarlik” MFYda 12000 nafar aholi istiqomat qiladi. Tartib bor joyda intizom bo‘ladi, o‘sish va rivojlanish bo‘ladi. Agarki biz yon atrofimizga e’tiborli bo‘lsak, o‘ylaymanki turli huquqbuzarliklarni oldi olingan bo‘lar edi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan mahalla profilaktik inspektori G‘iyos Qo‘chqorov talabalardan befarq bo‘lmaslikni, jamoat joyda avvalambor tartib intizomga rioya qilish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiynayotgan muammolar bo‘yicha savollar bilan murojaat qilishdi. Shuningdek haftaning har shanba kuni “Obod mahalla” doirasida tozalik va obodonlashtirish ishlari olib borilishiga hamda “Bir talaba-bir ko‘chat” aksiyasi o‘tkazishga kelishib olindi.