“ Huquqim –faxrim mening ”
Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan davra suhbati ana shunday nomlandi.
8-dekabr “O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu davra suhbati Chet tillar fakulteti Tabiiy va aniq fanlarda chet tili kafedrasi va ijtimioiy-gumanitar fanlarda chet tili kafedralari bilan hamkorlikda tashkillashtirildi. Bosh qomusimiz sharafiga bag‘ishlangan Davra suhbatini institut yoshlar bilan ishlash prorektori S.Nazarqosimov ochib berdi. U konstitutsiyamizning xususiyati uning ixchamligi va mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Agar dunyo konstitutsiyalarida ishlatilgan so‘zlar miqdori bo‘yicha tahlillarga murojaat qiladigan bo‘lsak, mamlakatimiz konstitutsiyasi 190 ta davlat ichida 29-o‘rinda turibdi. Asosiy Qonunimizda mavzular o‘quvchiga qulay bo‘lgan ketma-ketlikda joylashtirilgani ham e’tirof etilgan. Ayniqsa, inson va fuqarolar asosiy huquqlari, erkinliklari hamda burchlari alohida bo‘limda berilishi xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholangan” deydi prorektor o‘z so‘zida.
Shuningdek tadbirda huquq-tartibot vakillari ham ishtirok etib ular ham Konstitutsiyamiz yaratilish tarxi, u bilan bog‘liq bo‘lgan qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishishdi. Davra suhbatida konstitutsiyaga bag‘ishlangan tanlov g‘oliblari va jamoat ishida faol bo‘lgan o‘qituvchilar taqdirlandilar.
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati