Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/02/2021
Chop etish
“Faxriy senator”  bu umrbod  el xizmatidagi senator,- deydi Bahrom Mamajonov

Xabaringiz bor  Oliy Majlis Senati Kengashining 2021 yil 1 fevraldagi qarori bilan bir guruh senatorlarga maxsus maqomlar berildi.

Ularinng ichida hamyurtimiz, Jizzax davlat pedagogika institutida ko‘p yillardan buyon faoliyat olib borayotgan ustoz Baxrom Mamajonovga “Faxriy senator” maqomining berilishi ko‘plar qatori institut jamoasini ham quvontirdi. Jizzax davlat pedagogika instituti Kengashining  navbatdagi yig‘ilishi ham ustoz B. Mamajonovni  hamda bir qator ilmiy unvonlarni olgan ustozlarni taqdirlash marosimi bilan boshlandi. Unda so‘zga chiqqan institut rektori Sh.Sharipov ustoz B. Mamajonovga bunday maqom berilishi ko‘ksimizni faxrga to‘ldirishini,  bir necha yillardan beri shu dargohda mehnat qilib ko‘plab shogirdlar va hamkasblar mehrini qozongan ustoz bu maqomga chindan ham loyiq ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

 

“ menga ko‘rsatilgan bu kabi hurmat va e’zozga javoban doim el xizmatida bo‘laman faxriy senator degani umrbod senator deganidir,”-deydi  ustoz B. Mamajonov

 

Shundan so‘ng bir qator ilmiy  unvon va darajalarga ega  bo‘lgan bir guruh ustozlar ham institut rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.

 

 

 


Ulashish:
803
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.