Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/07/2022
Chop etish
Ezgu amallar azaliy qadriyatdir.

Musulmon olamidagi eng katta bayramlardan biri Qurbon hayiti ayyomi arafasida Jizzax davlat pedagogika universitetida xayrli ishga qo‘l urildi.  Ayyom arafasida jamoadagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand ishchi xodimlarga,  oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Yaxshilik, saxovat va mehr-oqibat, rahm kabi ulug‘ fazilatlar  insonning ziynati hisoblanadi. Ezgulik yo‘lida sa’y-harakat qilganlarning, umriga, rizqiga baraka kiradi deydi dono xalkimiz. Saxovatpeshalik insonga qalb xotirjamligini olib keladi.

– Bugun jamoda hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslikka haarkat qilmoqdamiz–deydi universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D.Ochilov. – ulug‘ ayyom arafasida jamoada faoliyat yuritayotgan   168  nafar  kam ta’minlagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj , ehtiyojmand xodimlarga un mahsulotlarini tarqatdik . Bunday xayrli ishlarni to‘xtmaymiz. Davomli tarzda ishchi xodimlarimizni  ko‘nglini olish ularga ozgina bo‘lsa-da ko‘mak berishga harakat qilamiz.

 

Bayram munosabati bilan  tashkil etilgan bunday xayrli tadbirlarning asosiy maqsadi   har qanday holatda ham ishchi xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotga, yashashga bo‘lgan umidini so‘ndirmaslikdir.


Ulashish:
1 017
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...