Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/05/2022
Chop etish
Esselar tanlovining resbuplika bosqichi o‘tkazilmoqda…

Xabaringiz bor “Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘llarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostida esselar tanlovi Jizzax viloyati hududiy bosqichida Jizzax davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti  2-bosqich talabasi Gavxar O‘ljaboy qizi  faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa,  3-o‘rinni Rus tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi Yelena Navro‘zova loyiq deb topilgan edi. Joriy yilning 24 may kuni g‘olib talabalarimiz tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun Toshkent shaxriga jo‘nb ketishdi. Yurtimizning  turli hududlaridan g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelgan ijodkor  talabalar dastlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lishdi.  Tashrif davomida  talaba yoshlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o’rinbosari, akademik Saidov Akmal Xolmatovich bilan uchrashuvi tashkil etildi.  Kunni mazmunli o‘tkazgan talabalar  O’zbekiston Milliy Akademik drama teatrida Qo’chqor Norqobil asari asosida sahnalashtirilgan » Zamindan olis ketma» spektakli namoyishida ishtirok etishdi. Shundan so‘ng alabalarning Toshkent shahridagi INHA universitetiga hamda Davlat boshqaruvi akademiyasiga tashrifi amalga oshirildi. O‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan ijodkor, iqtidorli talaba qizlarimizga  “Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘llarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostida  o‘tkazilayotgan tanlovning respublika bosqichida ham g‘olib bo‘lishlikni tilab qolamiz.


Ulashish:
804
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.