O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’lim muassasalarida yoshlaring tabiatga bo‘lgan mehrini uyg‘otish, ulami tabiat himoyachisi sifatida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi qo‘shma qaroriga ko‘ra “Tabiat madhiyasi” (musiqa va matni) uchun tanlovi e’lon qiladi. 2024 yilning noyabr-dekabr oylari davomida o‘tkazilishi mo‘ljallangan tanlovda respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilarini, shuningdek umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
Tanlov shartlari bilan batafsil tanishing: nizom
E’lonlar
- Barcha
- Ekofaol talabalar
- Karera markazi
- Kelajakka qadam
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- Mahalla va universitet
- Ustozlar suhbatin qo‘msar bu ko‘ngil
E’lonlar
|
04/12/2024
Chop etish
E’LON.
Boshqa rubrikalarda mashhur
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
So'nggi yangiliklar
