Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
08/04/2024
Chop etish
E’LON

Nufuzli IT kompaniya va universitetlarning xalqaro tan olinadigan sertifikatlariga BEPUL ega bo‘ling!

Raqamli texnologiyalar vazirligi IT sohasida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarga “Coursera” ta’lim platformasida bepul o‘qib xalqaro IT sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.

“Coursera” masofaviy ta’lim platformasi bo‘lib, unda dunyoning 300 ga yaqin yetakchi universitetlar (Stanford, Yale, Illinois, Duke, Michigan va boshqalar) va kompaniyalarining (Google, Amazon, Meta, IBM va boshqalar) 8 ta yo‘nalishdagi 12 mingta professional ta’lim resurslari joylashtirilgan.

🗣Siz ham dunyoning yetakchi universitet va kompaniyalarning xalqaro sertifikatlarini bepul qo‘lga kiriting.

“Coursera” platformasidagi 49$ – 400$ gacha bo‘lgan kurslarda bepul o‘qish imkoniyatidan foydalaning.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola – https://forms.gle/4eFVbhQfnGA9dZkY7

🟡Chet tili sertifikati bor talabgorlarga ustunlik beriladi.

⏺Bepul litsenziyalar soni cheklangan.


Ulashish:
450
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.