Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
22/01/2025
Chop etish
Diqqat,tanlov.

YUNESKO va Xitoy Xalq Respublikasi 2025/2026-o‘quv yili uchun “Buyuk Devor” stipendiyasi tanlovini eʼlon qiladi. Ushbu stipendiyalar dasturi doirasida XXR oliy taʼlim muassasalarida tadqiqotchi (45 yosh), yetakchi tadqiqotchi (50 yosh)lar uchun bir yillik malaka oshirish kurslari, magistratura (35 yosh) hamda doktorantura (40 yosh) uchun bir yillik o‘quv kurslari tashkil etiladi. Tanlov g‘oliblarining xalqaro aviachipta va Xitoyda o‘qishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari YUNESKO va XXR Hukumati tomonidan qoplanadi.
Nomzodlar magistr darajasiga (ba’zi sohalar uchun bakalavr darajasiga) ega bo‘lishi va ingliz tilini yuqori darajada bilishlari talab etiladi.
Tanlab olingan nomzodlar quyidagi hujjatlarni 2 nusxada to‘ldirishlari kerak:
– maxsus ariza varaqasi onlayn tarzda http://www.csc.edu.cn/studyinchina veb sahifasida to‘ldirilishi kerak (uning 2 nusxasi 3 ta rasm bilan birgalikda taqdim etiladi);
– diplom (ilovasi bilan birga) yoki sertifikat hamda reyting qaydnomasining tasdiqlangan nusxasi va tarjimasi (notarial tasdiqlangan nusxasi, ingliz tiliga tarjima qilingan holda);
– Xitoy universitetlarining biridan kelgan taklifnoma (agar oldindan ushbu universitet bilan aloqa o‘rnatilgan bo‘lsa);
– nomzodning ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanish bo‘lgan 2 nafar professor(olim)lar tavsiyanomasi (ingliz tilida);
– stipendiya uchun taqdim etilayotgan ilmiy tadqiqot loyihasi (500 so‘zdan iborat, ingliz tilida);
– ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat;
– tibbiy maʼlumotnoma (ilovadagi maxsus shakl bo‘yicha)
Mazkur dasturda qatnashayotgan Xitoy oliy taʼlim muassasalari va taʼlim sohalari bo‘yicha maʼlumot bilan quyidagi elektron sahifasi orqali tanishish mumkin: http://www.campuschina.org/universities/index.html
Hujjatlar universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga taqdim etiladi.
Hujjatlarni topshirish muddati joriy yilning 30-yanvarigacha.
Ma’lumot uchun +998912090766


Ulashish:
371
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.