Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
25/01/2023
Chop etish
Diqqat elon!

Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) 2023-yilda quyidagi o‘quv dasturlarida tahsil olish va malaka oshirish uchun stipendiya tanlovini elon qiladi:

– “Yapon tili va madaniyati” – oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun;

– “Boshlang‘ich, o‘rta maktab, litsey yoki kollej o‘qituvchilari uchun amaliyot dasturi”.

Mazkur dasturlar doirasida xalqaro aviachiptalar (borish va kelish), yashash hamda ta’lim olish xarajatlari Yaponiya hukumati tomonidan qoplanadi.

Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil 1-fevralgacha. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar mustaqil ravishda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining veb-saytida (http://www.uz.embjapan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s3)  batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani to‘ldirishi lozim. Nomzodlar barcha kerakli hujjatlarni mustaqil ravishda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga topshirishlari munkun.

Ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo’limi

Tel: +99891 209-07-66


Ulashish:
568
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.