Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/05/2022
Chop etish
Dilrabo kuy-qo‘shiqlar jozibasi.

Jizzax davlat pedagogika instituti  Musiqa madaniyati fakulteti,  Vokal va cholg‘u ijrochiligi kafedarsi, cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi talabalari tomonidan  tashkillashtirilgan “Estrada Shou”  hisobot  konsert dasturi haqiqiy san’at shinavandalari uchun tashkil etildi desak xato qilmagan bo‘lamiz

Institutning madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan musiqiy kechada  talablalar,  professor-o‘qituvchilar, musiqa fani o‘qituvchilari hamda milliy kuy-qo‘shiqlarimiz ixlosmandlari ishtirok etdi.

— Institutimizda shu oy mobaynida uch marta mana shunday hisobot konsertlarini  jamoatchilik e’tiboriga havola etdik.-deydi badiiy rahbar Otamurod Xolmirzaev. Bugungi hisobot konserti aynan milliy musiqa san’ati, estrada ijrochiligi borasida institutitimizda o‘ziga xos tajriba va mahorat maktabi shakllanayotganidan darak beradi.

Hisobot konsertida talabalar tomonidan 20 ga yaqin milliy va estrada yo‘nalishidagi go‘zal qo‘shiqlar bilan birgalikda 70-80 yillarda xit darajasiga chiqqan, yurtdoshlarimiz tomonidan sevib tinglangan retro taronalar ham ijro etildi.


Ulashish:
795
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.