Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
04/11/2022
Chop etish
D I Q Q A T E’ L O N

Ixtisoslik kafedralar diqqatiga


130100, Jizzax shahri,
Sh.Rashidov shox ko’chasi, 4-uy, JDPU bosh binosi, 2-qavat, 217-xona, Xalqaro hamkorlik bo’limi

+99872-226-72-39;
+99891-209-07-66


sharofr58@gmail.com

www.jdpu.uz
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi PQ-289-sonli qarorining 2,e-bandi hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorining 2022 yil 5 sentyabrdagi 332-U-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida universitetning ixtisoslik kafedralari professor-o’qituvchilarini xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida 2023 kalendar yilida malaka oshirish va stajirovka o’tashlari uchun

TANLOV E’LON QILADI

2023 yil 1 yanvardan boshlab har kalendar yili universitet ixtisoslik kafedralarining kamida 5 % professor-o’qituvchilarini universitetning byudjetdan tashqari jamg’armalari hisobidan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalar va ilmiy tashkilotlarga, tanlov asosida, malaka oshirish va stajirovka o’tashga davriy ravishda yuborishni boshlaydi.

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

arizalar 55 yoshgacha bo’lgan ixtisoslik kafedralari professor-o’qituvchilaridan qabul qilinadi;
malaka oshirish va stajirovka o’tashga mutaxassislik fani va xorijiy tillarni o’zining ish faoliyatini amalga oshirishda zarur bo’lgan darajada biladigan nomzodlar yuboriladi;
nomzodlarning arizalari va hujjatlari universitet tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan tanlov asosida saralab olinadi;
malaka oshirish va stajirovkalar 15 kalendar kundan kam bo’lmagan va ikki oygacha bo’lgan davrda amalga oshiriladi;
nomzodlardan arizalar uch yil davomida ketma-ket ikki marotaba qabul qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.

Nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlar:

universitet rektori nomiga ariza;
nomzodning ob’ektivka-ma’lumotnomasi;
kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish va stajirovka o’tash rejasi;
qabul qiluvchi tomonidan kelgan taklifnoma yoki rozilik xati;
til bilish darajasini belgilovchi hujjat (mavjud bo’lsa);
fakul’tet Kengashi qaroridan ko’chirma.

Hujjatlar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy ichida qabul qilinadi.


Ulashish:
498
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.