Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/07/2022
Chop etish
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari aniq bo‘ldi

2022-yil 23-24-25-26-iyul kunlari barcha hududlarda 6 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan kasbiy _(ijodiy)_ imtihonlar o‘tkaziladi.

Imtihonlar 2 bosqichda:

bosqich (yozma qismi) – tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihonlari qog‘oz shaklda;

bosqich – gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa Davlat test markazining maxsus dasturi orqali belgilangan joylarda elektron tarzda bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin.

Abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Imtihon o‘tkaziladigan joylar:👉   https://telegra.ph/Chet-tili-07-18. Ushbu havola orqali barcha viloyatlarda chet tilidan kasbiy(ijodiy) imtihonlar o‘taziladigan joylarni bilib olishingiz mumkin. Jizzax viloyatidagi abiturientlar uchun   Jizzax viloyatida Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan joylarni ko‘rsatib o‘tamiz.

Jizzax viloyati:

Imtihonning yozma qismi:

Joy nomi: Jizzax davlat pedagogika universitetining 2-o‘quv binosi.

Manzil: Jizzax shahri, Sh.Rashidov shoh ko‘chasi, 4-uy.

Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/VzWf26J8nX6di3Rz5.

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:

Joy nomi: Jizzax shahridagi “Sambhram” universiteti.

Manzil: Jizzax shahri “Jizzaxlik” MFY, H.Nosirov ko‘chasi, 3-uy.

Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/Vn2o45A6JraVgDrr9.

 


Ulashish:
831
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.