Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/09/2020
Chop etish
Bugundan ijodiy (kasbiy) imtihonlar boshlandi

Bugun, 2 sentabr kuni alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutidagi mavjud 8ta alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlarga  7  mingga yaqin abiturient ro‘yxatdan o‘tgan.

Abiturientlarning xavfsizligi va sog‘ligini asrash uchun barcha choralar ko‘rilgan. Institut  hududiga kirish dezinfeksiya tunellari o‘rnatilgan. Har bir abiturient tuneldan o‘tgach, issig‘i o‘lchanib, antiseptik vositalar bilan qo‘llari tozalab,  o‘tkazildi. Ta’kidlash joiz imtihon o‘tkaziladigan xona va hududlarda mas’ullar masofani saqlashni nazorat qilishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra  imtihonlar topshirishning ilk kunida virus alomatlari bor abiturientlar kuzatilmagan.

Imtihonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida imtihon oluvchi mutaxassislar yurtimizning boshqa OTMlaridan jalb etilgan.

Yana bir shaffoflikni ta’minlovchi muhim qadam, Kasbiy ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadigan yo‘nalishlardan tasviriy san’at va musiqa ta’limi yo‘nalishlarini  live.jdpu.uz saytidan , jismoniy madaniyat yo‘nalishi imtihon jarayonini live2.jdpu.uz sayti orqali  onlayn ko‘rish imkoniyati yaratildi.  Imtihon o‘tkaziladigan  barcha hududlarga  veb -kameralar o‘rnatilib, abiturientlarning ota-onalari va yaqinlari bemalol uydan turib imtihonlarni kuzatib borishlari uchun sharoit yaratildi.

Tibbiyot xodimlari har bir abiturientni, ayniqsa sport yo‘nalishlari bo‘yicha imtihon topshirayotganlarni sog‘ligini alohida nazorat qilib borishdi.imtihon topshirish uchun kelgan barcha abiturientlar  uchun gigiena talablariga rioya qilgan holda suv va salqin ichimliklar tashkil qilingan. Xavfsizlikni ta’minlash uchun Milliy gvardiya va Ichki ishlar xodimlari  ham  jalb etilgan.


Ulashish:
1 530
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.